18/04/2024

    2024-yil 17-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Markaziy apparat xodimlari hamda Raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt sohasidagi xalqaro ekspertlari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Ushrashuvda Markaziy apparat xodimlari hamda Raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt sohasidagi xalqaro ekspertlar janob Farrux Alimjanov va Ashraf Abushadi qatnashdi.

Tadbir davomida UNIDO xalqaro ekspertlari Orol dengizi hududlarini tiklash va himoya qilish uchun geografik axborot tizimlari (Gats) va oʻziga xos qishloq xoʻjaligi amaliyotlaridan foydalanish boʻyicha texnik yordam loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida ma’lumot berdi.

Agentlik xodimlari tomonidan xalqaro ekspertlarga SIAT axborot tizimining imkoniyatlari, statistika agentligining rasmiy veb-sayti va ochiq ma’lumotlar portalida e’lon qilingan statistik ma’lumotlar namoyish etildi.

Mazkur uchrashuv yakunida ikki tomon vakillari hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldilar.