26/04/2024

    Joriy yilning 26-aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-jıl 4-mart kungi PQ-114-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-aprel kungi  PQ-157-sonli “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “sement-beton qoplamali ichki yo‘llarni qurish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-aprel kungi PQ-158-sonli “Islom taraqqiyot banki va Opek xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “M39 “Olmaota - Bishkek – Toshkent- Shahrisabz- Termiz” Avtomobil yo‘lining 1255 - 1315 km (60 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari to‘g‘risida tushuntirildi.

Seminar so‘nggida ishtirokchilar fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Axborot xizmati