15/05/2024

    Joriy yilning 15-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida 2024-yil 1-chorak yakunlari boʻyicha boshqarmaning kengaytirilgan Hay’at yigʻilishi oʻtkazildi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi rahbariyati, boshqarmaning tarmoq hamda masofaviy videoaloqa orqali hududiy statistika bo‘lim xodimlari qatnashdi.

Kun tartibiga binoan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i Ganiev Temirbay Turg‘anbaxievich Hay’at yig‘ilishini ochib berib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining hujjatlari hamda topshiriqlarida statistika boshqarmasi oldiga qo‘yilgan vazifalar va tizimda 2024-yil birinchi chorakda amalga oshirilgan ishlar samaradorligi borasida toʻxtalib oʻtdi.

Yigʻilishda kun tartibiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida statistika idoralariga yuklatilgan vazifalarning ijrosi  boʻyicha ma’lumot berildi.

Shuningdek, tuman va shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatiga oid shakllantirilgan statistik koʻrsatkichlar masalasi muhokama qilindi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika bohqarmasi boshlig‘i xodimlarga hududning ijtimoy-iqtisodiy koʻrsatkichlarini shakllantirish va tahlil qilish jarayonida e’tibor berilishi lozim boʻlgan jihatlar boʻyicha alohida topshiriqlar berdi. Tuman va shaharlarning makroiqtisodiy koʻrsatkichlarini ifodalovchi jadvallarni oʻz muddatida yangilab borilishi ta’kidlandi.

Kengaytirilgan Hay’at yigʻilishi yakunida ijro intizomi va tashkiliy masalalar koʻrib chiqildi. Shuningdek, vazifalarni oʻz vaqtida bajarmagan xodimlarga tegishli choralar koʻrish, ish faoliyatini namunali yoʻlga qoʻygan ishchi-xodimlarni ragʻbatlantirish boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Axborot xizmati