15/05/2024

    “15- may Xalqaro oila kuni  munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida “Oila – muqaddas dargoh” shiori ostida chellenj o'tkazildi.

Yurtimizda oila qadimdan muqaddas dargoh sifatida qadrlangan. Oilada vatanga sadoqat, ota-onaga oqibat, oila aʼzolari o‘rtasida o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat omillari o‘sib kelayotgan yosh avlod ongiga singdirilib, oiladagi maʼnaviy muhitni barqarorlashtirishga, ularning jamiyat oldidagi masʼuliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.