Joriy yilning 21-may kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari K. Omarov va Nukus shahar statistika boʻlimi yetakchi mutaxassisi P. Omirova tomonidan Nukus shahrida xizmat koʻrsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.
Kuzatuvda xizmat koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻz-oʻzini band qilgan jismoniy shaxslar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar tushumini registrator tomonidan dislokatsiya nuqtalariga borib, sifatli va aniq oʻtkazilishi boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Axborot xizmati