Joriy yilning 22-may kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari K. Omarov va Xo‘jayli tumani statistika boʻlimi yetakchi mutaxassisi R.Orazimbetova tomonidan Xo‘jayli tumanida xizmat koʻrsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuvda xizmat koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻz-oʻzini band qilgan jismoniy shaxslar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar tushumini registrator tomonidan dislokatsiya nuqtalariga borib, sifatli va aniq oʻtkazilishi boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Axborot xizmati