23/05/2024

    Joriy yilning 22-may kuni Statistika agentligi Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari F. Berdibaev va Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi o‘rinbosari S. Bekmuratov bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan “LANEXTRAKT MCHJ shaklidagi qo'shma korxonasi” MCHJ, “Chimboy don” MCHJ, “SHIMBAY MAY  AJga qarashli SHIMBAY MAY INVEST sho`ba korxonasi” MCHJ, korxonalariga borib, ushbu korxonaning faoliyati va ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Oʻrganishlar mobaynida, har oyda Statistika agentligiga taqdim etiladigan 12 narx kuzatuvi boʻyicha korxona rahbarlari va hisobchilariga batafsil tushuntirishlar berib o‘tdi.

 

Axborot xizmati