27/05/2024

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish hamda yosh xodimlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 24-25-may kunlari Namangan viloyatida Statistika agentligining hududiy boshqarmalari yosh xodimlari ishtirokida “Yosh statistiklar 1-forumi” tashkil etildi. Forumda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi yoshlari qatnashdi. Tadbir davomida “Intellekt - karta. Krossvord.” va “ZakovatQuiz” intellektual o‘yinlari hamda Sport musobaqalari g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi. Faol ishtirok etgan yoshlarga esdalik sovg‘alari va diplomlar topshirildi.

Tadbir jarayonidan fotolavhalar: