28/05/2024

    Joriy yilning 28-may kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i T.Ganiev Kegeyli tumanida xizmat safarida bo‘lib, tuman statistika bo‘limi boshlig‘i M.Aytimbetov bilan birgalikda yakka tartibdagi avtotransport xizmati kuzatuvi o‘tkazildi.

Kuzatuv jarayonida yulovchi tashuvchi shaxsiy avtotransport turlari, yo'lovchi sig'imi, bir kunda o'rtacha tashilgan yo'lovchilar soni, bir kunlik tushum, bir oyda ish kunlari soni, yo'lovchilarni bir kunda tashishning o'rtacha uzoqligi yuzasidan so‘rovnomalar o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.

Axborot xizmati