17/05/2024

    Joriy yilning 17-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati yetkazish maqsadida seminar o‘tkazildi. Seminarda 2024-yil 1-iyunidan boshlab “mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida Kambag‘allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan ipoteka kreditlarini ajratish amaliyoti joriy etilishi haqida belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2024-yilda Ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2024-yil 30-aprel kungi PF-70-sonli Farmoni haqida tushintirildi.

 

Shuningdek, Rasmiy statistika sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari hamda statistika organlarining huquq va majburiyatlari haqida belgilangan O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi 2021-yil 11-avgust kungi O‘RQ-707-sonli Qonunining mazmun-mohiyati bo‘yicha tushunchalar berildi.

Seminar so‘nggida ishtirokchilar fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.