11/06/2024

    Aholini roʻyxatga olish jarayoniga tayyorgarlik koʻrish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S. Bekmuratov Xo‘jayli tumanida xizmat safarida bo‘ldi.

 Safar davomida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari S. Bekmuratov tuman statistika xodimlari va mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holati o‘rganildi.

O‘rganishlar natijasida ayrim mahallalarda raqamlashtirish ishlari to‘liq yakuniga yetkazilmaganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalarning mavjudligi holatlari aniqlanmoqda.

O‘rganish natijalari bo‘yicha hududlar kesimida tahliliy ma’lumotlar tayyorlanib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishlari uchun mahalliy hokimliklarga doimiy ravishda axborot kiritilib, kerakli chora-tadbirlar  ko‘rilmoqda.

Axborot xizmati