Joriy yilning 12-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i T. Ganiev Qo‘ng‘irot tumanida xizmat safarida bo‘lib, tuman statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi R.Koshniyazov bilan birgalikda «Iste’mol narxlari indeksi» kuzatuvining xizmatlar guruhi bo‘yicha tanlanma kuzatuviga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni o‘rgandi.
Axborot xizmati