Aholini roʻyxatga olish jarayoniga tayyorgarlik koʻrish maqsadida joriy yilning 12-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i T. Ganiev Qo‘ng‘irot tumanida xizmat safarida bo‘ldi.
Safar davomida boshqarma boshlig‘i T. Ganiev tuman statistika bo‘limi boshlig‘i Q. Turg‘anbaev va mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holati o‘rganildi.
O‘rganishlar natijasida ayrim mahallalarda raqamlashtirish ishlari to‘liq yakuniga yetkazilmaganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalarning mavjudligi holatlari aniqlanmoqda.
Axborot xizmati