2024-yilning yanvar-may oylarida jami 2 837,4 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 248,2 ming nafarga yoki 9,6 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:
Tojikiston – 871,5 ming nafar;
Qirgʻiz Respublikasi – 857 ming nafar;
Qozogʻiston – 498,2 ming nafar;
Rossiya – 289,6 ming nafar;
Turkmaniston – 53,8 ming nafar;
Turkiya – 42,1 ming nafar;
Hindiston – 23,2 ming nafar;
Xitoy – 22,8 ming nafar;
Italiya – 15,3 ming nafar;
Janubiy Koreya – 15,1 ming nafar;
Boshqa davlatlar – 148,7 ming nafar.
Axborot xizmati