06/06/2024

    Joriy yilning 6-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini etkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2024-yilgi futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024-yil 28-may kungi PQ-195-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Davlat sport Akademiyasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024-yil 28-may kungi PQ-197-sonli qarorlarining mazmun-mohiyati haqida o‘qib eshittirildi.

  Seminar so‘nggida ishtirokchilar fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Axborot xizmati