21/06/2024

    Joriy yilning 21-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini etkazish maqsadida seminar o‘tkazildi. Seminarda asosiy mavzu O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi 2024-yil 5-iyun kungi O‘RQ-931-sonli Qonunining  targ‘ibotiga bag‘ishlandi.  

 

Ushbu Qonun davlat organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamg'armalariga, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorida va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan tatbiq etilishi haqida hamda davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimiga aloqador shaxslar deb kimlar e’tirof etilishi haqida tushuntirildi. Shuning bilan birga, Qonunga ko‘ra, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi ekanligi haqida o ‘qib eshittirilib, Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e‘tiboran 6 oy o‘tgach kuchga kirishi haqida aytildi.

  Seminar so‘nggida ishtirokchilar fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Axborot xizmati