08/07/2024

    2024-yilning yanvar-may oylarida Mo‘ynoq tumanida 116,4 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 114,5 % ni tashkil etgan. Respublikadagi ulushi 2,0 %ga to‘g‘ri kelmoqda. Xizmatlar hajmida yuqori ulushni transport, savdo va moliyaviy xizmatlar egallagan. Aholi jon boshiga ko'rsatilgan xizmatlar hajmi esa 3465,7 ming so'mni tashkil etmoqda.

 

Axborot xizmati