Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʼlumotlariga asosan, 2024-yilning yanvar-iyun holatiga koʻra, onlayn gazetalar, jurnallar va elektron kitoblarni oʻqish yoki yuklab olish uchun internetdan foydalanadigan 10 va undan katta yoshdagi aholi ulushi 30,8 % ni tashkil etdi.
Maʼlumot uchun:
2021-yilda – 15,6 % ni;
2022-yilda – 19,2 % ni;
2023-yilda – 24,8 % ni tashkil etgan.
Axborot xizmati