09/08/2024

    2024-yilning yanvar-iyun oylarida 9 ming nafar Buyuk Britaniya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga kelishgan.

Bu koʻrsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,3 ming nafarga yoki 34,5 % ga oshgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonga turistik maqsadlarda kelgan Buyuk Britaniya fuqarolari safar maqsadlari kesimida quyidagicha:

dam olish – 7 370 nafar;

qarindoshlarni yoʻqlash – 862 nafar;

xizmat yuzasidan – 679 nafar;

tijorat – 32 nafar;

oʻqish – 31 nafar;

davolanish – 2 nafar.