2024-yilning yanvar- iyun oylarida Xo‘jayli tumanida 369,8 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 118,5 % ni tashkil etgan. Respublikadagi ulushi 5,2 %ga to‘g‘ri kelmoqda.
Xizmatlar hajmida yuqori ulushni savdo, transport va ta’lim sohasidagi xizmatlar egallagan.
Aholi jon boshiga ko'rsatilgan xizmatlar hajmi esa 2866,3 ming so'mni tashkil etmoqda.