13/08/2024

    2024-yilning yanvar-iyun oylarida 15,6 ming nafar Germaniya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Bu koʻrsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,9 ming nafarga yoki 33,1 % ga oshgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonga turistik maqsadlarda tashrif buyurgan Germaniya fuqarolari safar maqsadlari kesimida quyidagicha:

dam olish – 12 985 nafar;

qarindoshlarni yoʻqlash – 1 756 nafar;

xizmat yuzasidan – 759 nafar;

tijorat – 39 nafar;

oʻqish – 19 nafar;

davolanish – 6 nafar.