Joriy yilning 21-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S. Bekmuratov Shumanay tumanida xizmat safarida bo‘lib, tuman statistika bo‘limi boshlig‘i B. Xojantaev bilan birgalikda «5 narx (oʻrtacha)» haftalik kuzatuvi so‘rovnomasi bo‘yicha tanlanma kuzatuviga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni o‘rgandi.