2024-yilning yanvar-iyun oylarida Nukus shaharida 2864,5 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 113,8 % ni tashkil etgan. Respublikadagi ulushi 39,9 % ga to‘g‘ri kelmoqda. Xizmatlar hajmida yuqori ulushni moliyaviy, transport va savdo xizmatlari egallagan. Aholi jon boshiga ko'rsatilgan xizmatlar hajmi esa 8410,3 ming so'mni tashkil etmoqda.