Joriy yilning 9-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasining “Probatsiya to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonunlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.
Seminar ishtirokchilari fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berdi va javoblar oldi.