2024-yilning yanvar-avgust oylarida Kegeyli tumanida 209,5 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 110,2 % ni tashkil etgan. Respublikadagi ulushi 2,1 %ga to‘g‘ri kelmoqda. Xizmatlar hajmida yuqori ulushni savdo, moliyaviy va transport xizmatlar egallagan. Aholi jon boshiga ko'rsatilgan xizmatlar hajmi esa 2793,6 ming so'mni tashkil etmoqda.