Joriy yilning 13-sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida boshqarma, shahar va tuman statistika boʻlim xodimlari uchun normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati yetkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksining hamda Nogironligi bo'lgan shaxslarning odil sudlovdan foydalanishga bo'lgan huquqlarini ta'minlash uchun qo'shimcha sharoitlar yaratilayotganligi haqidagi O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi Qonunining mazmun-mohiyati haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tinglovchilarga xizmat safarlari chog‘idagi kompensatsiya to‘lovlari hamda ish beruvchining yo‘llanmasi bo‘yicha kasbiy tayyorgarlik, qayta tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkadan o‘tishda xodimlar uchun kompensatsiya to‘lovlari haqida tushuntirildi.Seminar so‘nggida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berdi va javoblar oldi.