2024- yilning yanvar-avgust oylarida Bo‘zatov tumanida 67,4 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 115,7 % ni tashkil etgan. Respublikadagi ulushi 0,7 % ga to‘g‘ri kelmoqda. Xizmatlar hajmida yuqori ulushni moliyaviy, savdo va transport xizmatlar egallagan. Aholi jon boshiga ko'rsatilgan xizmatlar hajmi esa 3076,6 ming so'mni tashkil etmoqda.