2024- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklarida parrandalar bosh soni 5 285,4 mingtaga yetdi. O‘sish sur’ati 2023- yilning mos davri bilan solishtirganda 103,9 % ni tashkil etdi. Parrandalar bosh sonini xoʻjalik toifalari bo‘yicha tahlil qilar ekanmiz, eng katta hajmi – 4 208,6 ming bosh dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida qayd etilganligini taʼkidlash lozim.