23/09/2024

    Joriy yilning 20- sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Xalqaro valyuta jamgʻarmasi missiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi.

 

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligidagi agentlik markaziy apparati xodimlari hamda Xalqaro valyuta jamgʻarmasi missiyasi vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida YAIM statistikasini qayta koʻrib chiqish, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi maʼlumotlarini tarqatishning maxsus standartlariga oʻtishni amalga oshirish jarayonlari, inflyatsiyani hisoblash, texnik koʻmaklashish masalalari va Xalqaro valyuta jamgʻarmasining xalqaro ekspertlarini jalb qilish boʻyicha mavjud ehtiyojlar muhokama qilindi.

Maʼlumot uchun: Statistika agentligi tomonidan norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholashni takomillashtirish boʻyicha ishlar amalga oshirildi. Xalqaro ekspertlar bilan birgalikda, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralarning takliflari va mulohazalari asosida “Kuzatilmaydigan iqtisodiyotni statistik baholash boʻyicha uslubiy qoidalar” ishlab chiqildi va Oʻzbekiston statistikasi tarixida ilk bor statistik hisob-kitoblar amalga oshirildi. Shuningdek, toʻplangan ma’lumotlar asosida norasmiy va yashirin iqtisodiyot hajmi va uning 2017-2023- yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va mintaqalari nuqtayi nazaridan YAIMga ta’siri baholandi.

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi missiyasi Statistika agentligi tomonidan norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash uslubiyotini takomillashtirish hamda “Maʼlumotlarni tarqatish maxsus standarti”ga oʻtish boʻyicha olib borilayotgan ishlarni yuqori baholadi.