24/09/2024

    Joriy yilning 24- sentabr kuni Davlat kadastrlar palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasida statistika boshqarmasi xodimalri tomonidan 4-qurilish (jismoniy) shakli jismoniy shaxslar tomonidan obyektlar qurilishi toʻgʻrisidagi statistika hisobotlarini taqdim etish tartibi boʻyicha masofaviy videoaloqa orqali vebinar boʻlib oʻtdi.

 

Vebinarda Statistika boshqarmasi boshligʻi o‘rinbosari S. Bekmuratov, Investitsiya va qurilish statistikasi boʻlim boshlig‘i S. Muxamatdinov va Davlat kadastrlar palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarma va tuman xodimlari ishtirok etdi.

Muloqot davomida yakka tartibda uy-joy va noturar joy obyektlari qurilishi boʻyicha 4-qurilish (jismoniy) shakli choraklik statistika hisobotida asosiy fondlar qiymatini kiritlishi tushuntirildi.