26/09/2024

    2024- yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklardan 43,0 ming tonna go‘sht yetishtirildi. O‘sish sur’ati 2023-yilning mos davri bilan solishtirganda 102,6 % ni tashkil etdi. Go‘sht yetishtirish koʻrsatkichlarini xoʻjalik toifalari bo‘yicha tahlil qilar ekanmiz, go‘sht yetishtirishning eng katta hajmi – 40,4 ming tonna dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida qayd etilganligini taʼkidlash lozim.