2024- yilning 30- sentabridan 4- oktabrigacha Shveysariyaning Jeneva shahrida “BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining aholini ro‘yxatga olish haftaligi – 2024” aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish bo‘yicha ekspertlar guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i Berdiqulov Qobil G’ulomovich va Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dusnayev Sherzod Ergashevichlar ishtirok etdi.
Tadbirning maqsadi – ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish sohasida tajriba almashish, aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olishda idoraviy ma’lumotlardan foydalanish holatini baholash, aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish sohasida Yevropa statistiklari konferensiyasining 2030 yil raundi uchun tavsiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
Aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish sohasida Yevropa statistiklari konferensiyasining 2030 yil raundi uchun tavsiyanomasini takomillashtirish bo‘yicha 13 ta maqsadli guruhlarning hisobotlari va xalqaro tashkilotlarning takliflari tinglandi.
Shuningdek, ekspertlar guruhining yig‘ilishida ishtirokchi davlatlar o‘rtasida aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish sohasida tajriba almashilib, mavjud muammolar va ularni yechimi yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Tadbir so‘ngida aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olishni o‘tkazish samaradorligini yanada oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.