14/10/2024

    2024- yilning 30- sentabr – 3- oktabr kunlari Seul shahrida (Janubiy Koreya) Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) hamda Koreya statistika idorasi (KOSTAT) tomonidan tashkil etilgan “Osiyo va Tinch okeani mintaqasida Xalqaro mehnat migratsiyasi statistikasi bo‘yicha 10-seminar” bo‘lib o‘tdi.

 

Ushbu seminarda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Xitoy, Armaniston, Pokiston, Bangladesh, Gruziya, Janubiy Koreya, Turkiya, Tojikiston, Mongoliya, Nepal, Ozarbayjon, Samoa, Fiji, Shri Lanka milliy statistika idoralari mutaxassislari hamda mavzuga aloqador tashkilotlar, shuningdek, XMTning xalqaro mehnat migratsiyasi statistikasi bo‘yicha ekspertlari hamda KOSTATning  rahbar va mutaxassislari ishtirok etishdi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligidan Demografiya, mehnat va gender statistikasi bo‘yicha yig‘ma tahliliy axborotlarni shakllantirish bo‘limi bosh mutaxassisi Azizjon Adizov qatnashdi.

Mazkur seminarda ishtirokchilar xalqaro mehnat migratsiyasi statistikasidagi so‘nggi o‘zgarishlar, mehnat statistikasi bo‘yicha 21-xalqaro konferensiyaning muhim voqealari, shuningdek, 2023- va 2024- yillardagi Xalqaro mehnat migratsiyasi statistikasi uchun XMT ma’lumotlarini yig‘ish davrlarining umumiy ko‘rinishlari kabi ma’lumotlarga ega bo‘lishdi hamda ilg‘or mamlakatlarning tajribalarini o‘rganishdi.