Joriy yilning 18- oktabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi statistika boshqarmasida 21-oktabr - O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Qoraqalpoq Davlat universitetining o‘zbek tilshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi Abdullaev Oxunjon oʻzbek tili bayrami bilan barchani muborakbod etib, ona tilining bugungi kundagi nufuzi va mavqeyi haqida batafsil toʻxtalib oʻtdi.
Tadbir davomida Boshqarmaning til masalalari boyicha boshliq maslahatchisi Nurmanova Gulxumar O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili tog'risida”gi Qonuni va uning ahamiyati bo‘yicha atrofliycha tushunchalar berib o‘tti. Tadbir savol-javob tarzida davom etdi.