2024- yil yanvar-iyun oylarida iqtisodiyotda mavjud obyektlarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalash va texnik qayta qurollantirishga yoʻnaltirilgan investitsiyalar 53,2 trln soʻmni tashkil etgan. Bu koʻrsatkich respublikadagi jami oʻzlashtirilgan investitsiyalarning 23,2 % ini tashkil etgan.