Joriy yilning 20–25- oktabr kunlari Singapur davlatida zamonaviy raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni joriy etish boʻyicha oʻquv-tanishuv safari tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Statistika agentligining Raqamli texnologiyalar va interaktiv xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Sh. Odilov hamda masʼul xodimlar ishtirok etishdi.
Safar davomida Singapurda zamonaviy raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt (artificial intelligence)ni joriy etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Singapur Statistika boshqarmasining mas’ul xodimlari Singapur shtatida katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlashda mashinani o'rganish modellaridan foydalanish, statistik ma'lumotlarni vizual taqdim etish uchun ishlab chiqilgan SingStat jadvali axborot tizimi, shuningdek, narx ma’lumotlarni yig‘ishda webscraping va sun’iy intellekt joriy etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida ma’lumot berishdi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan erilishgan natijalar bo‘yicha delegatsiya a’zolari tomonidan taqdimotlar qilindi.
Shuningdek, ushbu safar davomida statistik ma’lumotlarni tarqatishning yangi tendensiyalari va aholini ro‘yxatga olish jarayonida axborot tizimlaridan foydalanish amaliyoti, ma’lumotlarni boshqarishga bo‘lgan ehtiyoj, texnik chora-tadbirlar va uslubiy imkoniyatlar o‘rganilib, davlat statistika tizimiga joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.