Joriy yilning 1- noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida 2024- yil III chorak yakunlari boʻyicha boshqarmaning kengaytirilgan Hay’at yigʻilishi oʻtkazildi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi rahbariyati, boshqarmaning tarmoq bo‘limlari, hududiy statistika bo‘lim boshliqlari hamda masofaviy videoaloqa orqali Statistika agentligining Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Berdibayev Fayzulla Zaripbayevich qatnashdi.
Yig‘ilishni Statistika agentligining Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Berdibayev Fayzulla Zaripbayevich hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i Ganiev Temirbay Turg‘anbaxievich Hay’at yig‘ilishini ochib berib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatning statistika boshqarmasi oldiga qo‘yilgan vazifalari va hamda 2024- yil uchinchi choragida amalga oshirilgan ishlar tahliliga to‘xtalib o‘tdi.
Yigʻilishda kun tartibiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida statistika idoralariga yuklatilgan vazifalarning ijrosi boʻyicha ma’lumot berildi.
Shuningdek, tuman va shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatiga oid shakllantirilgan statistik koʻrsatkichlar masalasi muhokama qilindi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika bohqarmasi boshlig‘i xodimlarga hududning ijtimoy-iqtisodiy koʻrsatkichlarini shakllantirish va tahlil qilish jarayonida e’tibor berilishi lozim boʻlgan jihatlar boʻyicha alohida topshiriqlar berdi. Tuman va shaharlarning makroiqtisodiy koʻrsatkichlarini ifodalovchi jadvallarni oʻz muddatida yangilab borilishi ta’kidlandi.
Kengaytirilgan Hay’at yigʻilishi yakunida ijro intizomi va tashkiliy masalalar koʻrib chiqildi. Shuningdek, vazifalarni oʻz vaqtida bajarmagan xodimlarga tegishli choralar koʻrish boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.