Joriy yilning 28- oktabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.
Seminarda, O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan hisobotlarni davlat organlariga taqdim etish jarayonlari soddalashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 24110-moddasiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi 2024- yil 21- oktabr kungi O‘RQ-979-sonli Qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.
Tinglovchilarga mazkur Qonun bilan tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistika ma’lumotlarining yagona ro‘yxatiga kiritilmagan statistika, moliya, soliq hisobotini va boshqa hisobotni, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilmagan o‘zga hujjatlarni, shu jumladan bank hisobvarag‘ini ochishda ortiqcha hujjatlarni tadbirkorlik subyektlaridan talab qilib olganlik, xuddi shuningdek mazkur yagona ro‘yxatga kiritilgan hisobotni taqdim etishning belgilangan muddatlari va tartibiga zid ravishda talab qilib olganlik uchun javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritilayotganligi haqida tushuntirildi.
Seminar so‘nggida ishtirokchilar fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.