2024-.yil yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklardan 61,2 ming tonna kartoshka yetishtirildi. O‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 108,1 % ni tashkil etdi. Kartoshka yetishtirish koʻrsatkich-larini xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilar ekanmiz, kartoshka yetishtirishning eng katta hajmi–43,9 ming tonna dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida qayd etilganligini taʼkidlash lozim.