08/11/2024

    Joriy yilning 8- noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida boshqarma hamda shahar va tuman statistika boʻlim xodimlari uchun normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati yetkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o‘ttiz ikki yilligini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash, Asosiy qonunimizda belgilangan xalq hokimiyatchiligi, inson qadri, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik kabi ezgu g‘oyalar atrofida fuqarolarni jipslashtirish, “Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni samarali tashkil etish haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-oktabr kungi  “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi F-53-sonli Farmoyishi haqida tushuntirildi.

Shuningdek, aholining ruhiy salomatligini qo‘llab-quvvatlash, shaxsga uning hayotida yuzaga kelgan psixologik muammolarni hal etishda hamda tang (krizisli) vaziyatlarning oldini olishda ko‘maklashish, psixologik muammolari mavjud bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy moslashishi va reabilitatsiyasida yordam ko‘rsatish, shaxsiy rivojlanish, o‘zini ifoda eta olish bilan bog‘liq individual ko‘nikmalarni mustahkamlashga, shuningdek hayot tarzini yaxshilashga ko‘maklashish haqida belgilangan 2025-yil 6-fevral kuni kuchga kiradigan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-noyabr kungi “Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘RQ-989-sonli Qonunining mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berildi.

Seminar so‘nggida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.