07/02/2025

     Joriy yilning 5- fevral kuni Statistika agentligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi  PQ-114-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minash maqsadida hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Statistika departamentining 2025-yil 4-7-mart kunlari BMT Statistika komissiyasining 56-sessiyasi yig‘ilishining me’yoriy hujjatlarini tayyorlash va ko‘rib chiqish doirasida onlayn seminar tashkil etildi.

     Seminarning asosiy maqsadi 2020-2030- yillarga mo‘ljallangan Butunjahon aholi va uy-joylarni ro‘yxatga olish dasturini tayyorlash bo‘yicha maslahatlashuvlar va amaliy ko‘rsatmalarni ko‘rib chiqishdan iborat bo‘ldi.

     Mazkur uchrashuvda Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Zakirov, Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boshqarmasi boshligʻi Nurbek Sheraliyev, Xalqaro hamkorlik va axborot  almashinuvi boshqarmasi boshligʻi Ulugʻbek Noipov, Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Sherzod Dusnaev va boshqarma  mutaxassislari ishtirok etdi.

     Eslatib o‘tamiz, Birlashgan Millatlar Tashkilotining statistika komissiyasi, 1947- yilda tuzilgan bo‘lib, global statistika tizimining eng yuqori organi hisoblanadi. U butun dunyodan BMTga a’zo davlatlarning statistika idoralarini birlashtiradi. Xalqaro statistika faoliyati sohasida, xususan, statistik standartlar, konsepsiyalar va uslubiyatlarni ishlab chiqish va ularni xalqaro va milliy miqyosda amalga oshirish bo‘yicha qaror qabul qiluvchi asosiy organ hisoblanadi. Shuningdek, u BMT iqtisodiy va ijtimoiy Kengashining (EKOSOS) funkssional komissiyasi bo‘lib, Kengashga milliy statistika tizimlarini rivojlantirish va milliy statistik ma’lumotlarning taqqoslanuvchanligini ta’minlashda, BMTning ixtisoslashtirilgan agentliklarining statistika sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishda hamda statistikani va statistik metodologiyani takomillashtirishda yordam beradi.

      Ushbu seminarda BMTga a’zo davlatlarning statistika idoralari mutaxassislari ham ishtirok etdi.