Joriy yilning 10- aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari K. Omarov Amudaryo tumanida xizmat safarida bo‘lib, tuman statistika bo‘limi mutaxassisi N. Tulibaeva bilan birgalikda «Iste’mol narxlari indeksi» kuzatuvining xizmatlar guruhi bo‘yicha tanlanma kuzatuviga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni o‘rgandi.