Joriy yilning 27-may kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘ining o'rinbosari K.Omarov Qonliko'l tumanida bo‘lib, tuman statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi S. Ataubaev bilan birgalikda tumanda yakka tartibdagi avtotransport xizmati kuzatuvi o‘tkizildi.
Kuzatuv jarayonida yulovchi tashuvchi shaxsiy avtotransport turlari, yo'lovchi sig'imi, bir kunda o'rtacha tashilgan yo'lovchilar soni, bir kunlik tushum, bir oyda ish kunlari soni, yo'lovchilarni bir kunda tashishning o'rtacha uzoqligi yuzasidan so‘rovnomalar o‘tkazildi.