03/06/2025

    Joriy yilning 3-iyun kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish bo’yicha seminari tashkil etildi.

Unda Statistika boshqarmasi rahbariyati, bo‘lim boshliqlari hamda masofaviy videoaloqa orqali hududiy statistika bo‘limi xodimlari qatnashdi.

 

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025-yil 24-fevral kungi PQ-75-sonli qarorining mazmun-mohiyati haqida tushuntirildi.

Shuning bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2020-yil 31-dekabr kungi 829-sonli qarorining mazmun-mohiyati haqida ma’lumotlar berildi.

Seminar so‘ngida ishtirokchilariga O‘zbekiston respublikasi prezidentining “2025-2026-yillarda sayyohlar oqimini keskin ko‘paytirish va turistik xizmatlar ko‘lamini jadal kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025-yil 15-may kungi PF-87-sonli Farmoni bilan tanishtirildi.

Seminar ishtirokchilari fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berdi va javoblar oldi.