Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-aprel oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida sog‘liqni saqlash sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 102,6 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 13,6 foizga oshgan.
Sog‘liqni saqlash xizmatlarining umumiy bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 1,1 foizni tashkil etdi.
So‘nggi yillarda sog‘liqni saqlash sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi: (yanvar-aprel)
2021-yil - 31,8 mlrd so‘m
2022-yil - 38,5 mlrd so‘m
2023-yil - 47,6 mlrd so‘m
2024-yil - 80,1 mlrd so‘m
2025-yil - 102,6 mlrd so‘m