Statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-may holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida ulgurji savdo sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 1 594 tani tashkil etdi.
Shundan:
yirik korxonalar – 12 ta
kichik korxona va mikrofirmalar – 1 582 ta
2025-yilning yanvar-aprel oylarida respublika bo‘yicha ulgurji savdo tovar aylanmasi 2 trl 12,0 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 7,9 % ga oshgan.
Shu davr mobaynida kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan ulgurji savdo tovar aylanmasi 1 trln 727,6 mlrd so‘mni tashkil qilib, bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 110,1 % darajada o‘sdi.
Kichik biznes subyektlarining respublikadagi jami ulgurji savdo hajmidagi ulushi 85,9 % ni tashkil etdi.