11/06/2025

Statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yili boshida Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlarida 73,9 ming nafar talaba tahsil olmoqda.

Bu ko‘rsatkich 2020/2021 o‘quv yili boshiga nisbatan 38,9 ming nafarga yoki 2,1 barobarga oshgan.

Yillik kesimda talabalar sonining o‘sish dinamikasi quyidagicha:

2020/2021 o‘quv yili boshida — 35,0 ming nafar

2021/2022 o‘quv yili boshida — 47,0 ming nafar

2022/2023 o‘quv yili boshida — 58,0 ming nafar

2023/2024 o‘quv yili boshida — 64,0 ming nafar

2024/2025 o‘quv yili boshida — 73,9 ming nafar

Aholining oliy ta’limga qiziqishi faqat umumiy sonda emas, balki gender bo‘yicha ham sezilarli o‘zgarishlarni ko‘rsatmoqda:

Qiz talabalar soni so‘nggi yillarda 21,6 ming nafarga yoki 2,2 barobarga oshgan.

O‘g‘il talabalar soni esa 17,6 ming nafarga yoki 2,0 barobarga ko‘paygan.

2024/2025 o‘quv yili boshidagi umumiy talabalarning gender taqsimoti quyidagicha:

53,2 foizini — qiz talabalar

46,8 foizini — o‘g‘il talabalar tashkil etmoqda.