Joriy yilning 17-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i T. Ganiev Qorao‘zak tumanida xizmat safarida bo‘lib, tuman statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Q. Aytjanov bilan birgalikda «5-narx (oʻrtacha)» haftalik kuzatuvi so‘rovnomasi bo‘yicha tanlanma kuzatuviga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni o‘rgandi.