Joriy yilning 20-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini etkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.
Unda Statistika boshqarmasi rahbariyati, bo‘lim boshliqlari hamda masofaviy videoaloqa orqali hududiy statistika bo‘limi xodimlari qatnashdi.
Seminarda ijro hujjatlariga doir ma'lumotlarni qamrab olgan Majburiyatlar reestrini yuritishi haqida belgilangan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2025-yil 16-iyun kungi O‘RQ-1069-sonli Qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida tushuntirildi.
Seminar qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.