Joriy yilning 27- iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini etkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.
Seminarda, Davlat fuqarolik xizmatini zamonaviy standartlar asosida tashkil etish, davlat xizmatchilari ishini natijadorlikka yo‘naltirish, aholining davlat xizmatiga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish, sohaga istiqbolli kadrlarni jalb qilish va ularni professional mutaxassis etib tayyorlashning samarali tizimini joriy qilish, shuningdek, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni hamda “O‘zbekiston - 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan Davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida tushuntirildi.
Seminar qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.